Mirzo Abdulqodir Bedil — qiyosi yo‘q shoir, mutafakkir va
jamiyatshunos olim, o‘ziga xos faylasufona qarashlar sohibi bo‘lgan
insondir. Asli Shahrisabzning barlos urug‘idan bo‘lgan shoiing
ota-bobolari Hindistonga ko‘chib borib, o‘sha yerda turg‘un yashab
qolishgan. Hindistonning Azimobod shahri yaqinidagi Patnada 1644
yilda harbiy xizmatchi oilasida tavallud topgan Bedil 1720 yilning
5 dekabrida Dehlida vafot etadi.
Otasidan yetim qolgan Abdulqodir onasining qo‘lida tarbiyalanadi.
Uning bilim olishga bo‘lgan chanqoqligini sezgan amakisi Mirzo
Qalandar bilan tog‘asi Mirzo Zarifning yaqindan yordami tufayli
savodini oshiradi, arab tili grammatikasini, hind va urdu
tillarini, so‘fiyona qarashlai o‘zlashtiradi. Uning tinimsiz
intilishlari va izlanishlari hatto o‘n yoshida yozgan ilk
ruboiylarida yaqqol sezilib, atrofidagilai hayratga soladi.
Oltmish yoshga borganida yozgan «Chor unsur» asarida o‘zining
hayotiga, tarjimai holiga va dunyoqarashiga oid fikrlarini bayon
qilgan. Nihoyatda sermahsul, tinmas va izlanuvchan shoir bo‘lgan
Bedil katta meros qoldirdi. Uning «Kulliyot»iga kiritilgan
asarlarining o‘zi 130 ming misra she’r va 50 bosma toboqdan ortiq
nasi tashkil etadi. «Tilsimi hayrat», «Tarkibot va tarjeot»,
«Muhiti a’zam», «Turi ma’rifat», «Ishorat va hikoyat», «Ruqa’ot»,
«Chor unsur», «Irfon», «Nukot», «G’azaliyot», «Ruboiyot» kabi bir
qancha asarlari mavjud.