4. “O‘tkan kunlar”.
5. “O‘tkan kunlar” romani to‘g‘risida
6. Nazariy ma’lumot. Badiiy asarda milliy ruh ifodasi.
7. Abdulhamid Suloymon o‘g‘li Cho‘lpon.
8. Abdulhamid Suloymon o‘g‘li Cho‘lpon she’rlari to‘g‘risida.
9. Nazariy ma’lumot. Ijtimoiy intim lirika.
Zokirjon Xolmuhammad o‘g‘li Furqat
1. Furqat ijodiy merosida to‘rt ilmiy asar uchraydi. Ushbu asarlar qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan?
A) “To‘y tavsifi”, “Gap ta’rifida”, “Nuh manzar”, “Haftiyak” B) “Nuh manzar”, “Chor darvish”,
“Hammomi xayol”, “Haftiyak” C) “To‘y tavsifi”, “Gap ta’rifida”, “Aza tavsifi”, “Ilmi ash’orning
qoidai avzoni” D) “Ilmi ash’orning qoidai avzoni”, “Chor darvesh”, “To‘y tavsifi”, “Chor darvish”
2. Furqatning “Aza tavsifi” deb atalgan asari qanday xarakterga ega?
A) etnografik B) didaktik C) ilmiy D) falsafiy
3. Furqat ijodiga mansub “Sabog‘a xitob” she’ri qanday ruhda yozilgan?
A) vatan sog‘inchi B) yoshlarga xitob C) do‘stlar sog‘inchi D) A, C
4. Quyidagi adabiy turlardan qaysilari Furqatning ijodida ustuvor ahamiyat kasb etadi?
1) tarjima; 2) pand-nasihat; 3) publitsistik, nasriylik; 4) noma; 5) madhiya; 6) ilmiylik; 7) lirika; 8)
tarixnavislik; 9) tasavvufiylik
A) 1, 4, 6, 9 B) 1, 2, 5, 8 C) 3, 4, 5, 6 D) 1, 3, 6, 7
5. Furqatning qalamiga mansub aruz vaznining qoidalari haqidagi asar to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni
aniqlang.
A) “Ilmi ash’orning qoidai avzoni” B) “Gap tarifida” C) “Nuh manzar” D) A va C
6. Furqat tarjimalari to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni aniqlang.
A) “Aza tavsifi”, “Haftiyak”, “Chor kitob” B) “Chor darvish”, “To‘y tavsifi”, “Haftiyak” C)
“Hammomi xayol”, “Chor darvish”, “Nuh manzar” D) “Chor darvish”, “Chor kitob”, “Haftiyak”
7. “Hammomi xayol” risolasining muallifini aniqlang.
A) Zavqiy B) Furqat C) Ogahiy D) Muqimiy
8. Furqat “Chor darvish” “Nuh manzar” asarlarini qaysi tildan o‘zbek tiliga o‘girgan?
A) arab B) fors C) urdu D) yunon
9. Furqatning ijodiy merosi qaysi turdagi asarlarni o‘z ichiga oladi?
1.lirika 2. publisistika 3. nasriy asarlar 4. tarjimalar 5. didaktik asrlar 6. tanqidiy asrlar 7. ilmiy asarlar
A) 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7 B) 1, 2, 3, 4, 5, 6 C) 1, 2, 3, 4, 7 D) 4, 5, 6, 7, 8
10. Furqatning ijodiy merosini qanchasini ilmiy asarlar tashkil etadi?
A) 3 B) 4 C) 5 D) 6
11. Furqatning dunyoqarashini shakllanishini aniqlashda qaysi asar ahamiyatli hisoblanadi?
A) “Nuh manzar” B) “Chor darvish” C) “Furqatnoma” D) “Hammomi xayol”
12. Furqatning lirikasida qanday ohanglar salmoqli o‘rin tutadi?
A) orzu, niyat B) g‘urbat, hasrat C) dard, hasrat D) faollik, yangilik
13. Savsan so‘zining lug‘aviy ma’nosi aniqlang.
A) yoqa B) gulsapsar C) qo’g‘agul D) B, C
Nazariy ma’lumot. G‘azal va musamman
1. Turkiy tildagi ilk g‘azallar kimlarning ijodida uchraydi?
A) Navoiy, Rabg‘uziy B) Muso Xorazmiy, Rabg‘uziy C) Xorazmiy, Rabg‘uziy D) A, B
2. Ishqiy kechinmalar ifodasi sifatida vujudga kelgan asarlar…
A) musamman B) g‘azal C) qasida D) munojot
3. Ilmiy adabiyotda g‘azallarning hajmi qancha baytni tashkil qiladi?
A) 3 baytdan 19 baytgacha B) 4 baytdan 14 baytgacha C) 5 baytdan 14 baytgacha D) 3 baytdan 16
baytgacha
4. Qaysi qatorda musammanning qofiyalanishi to‘g‘ri berilgan?
A) a,a,a,a,a, b,a,a B) a,a,a,a,a,a,a,a, C) b,b,b,b,a,a,a,a D) b,b,b,b,b,b,b,b