A) ma’lum vazinga va izchil qofiyaga ega emasligi B) ramziy tasvir uslubining kuchliligi C) ritorik
qaytariqlarning ko’pligi, pauzalarning ko’pligi D) A, B, C
11. O’.Hoshimov qalamiga mansub qissalar qatorini belgilang.
A) “Odamlar nima derkin”, “Shamol esaveradi” B) “Qatag’on”, “To’ylar muborak” C) “Bahor
qaytmaydi”, “Dunyoning ishlari” D) A va C
12. “… dostondek o’qiladi. Uni o’qib o’z onalarimizni o’ylab ketamiz…” S. Ahmadning ushbu
fikrlari O’tkir Hoshimovning qaysi asari haqida?
A) “Yo’qotganlarim va topganlarim” B) “Ikki eshik orasi” C) “Dunyoning ishlari” D) “Kelinlar
qo’zg’oloni”
13. “Oydin kechalar”, “Oy tutilgan kecha”, “Afrosiyob go’zali” kabi bir qator kitoblar muallifini
aniqlang.
A) Maqsud Qoriyev B) Mirtemir C) O’tkir Hoshimov D) O’lmas Umarbekov
14. Maqsud Qoriyevning Toshkent zilzilasi haqida so’z yurituvchi asari qaysi?
A) “Oy tutilgan kecha” B) “Qaytar dunyo” C) “Qaldirg’ochlar bahorda keladi” D) “Oydin kechalar”
15. Antuan de Sent – Ekzyuperining qaysi asari 1931- yilda “Femina” mukofotiga munosib ko’rilgan?
A) “Janub chopari” B) “Tungi parvoz” C) “Kichkina shahzoda” D) “Harbiy uchuvchi”
Mumtoz adabiyot bo’stoni
1. Yaxshidur avvalg’isi xud begumon,
Lek ikkinchisi ham ermas yomon. Mazkur bayt A.Navoiyning qaysi asaridan olingan?
A) “Farhod va Shirin” B) “Hayrat ul-abror” C) “Lison ut-tayr” D) “Muhokamat ul-lug’atayn”
2. “Sher bilan Durroj” hikoyati A.Navoiy “Xamsa”sining qaysi dostonida keltirilgan?
A) “Hayrat ul-abror” B) “Farhod va Shirin” C) “Sab’ai sayyor” D) Saddi Iskandariy
3. Vaslingg’a yetishmadim, jihat bu erdi:
Yo’l balchiq edi, kecha qorong’u erdi.
Ohim tutuni birla ko’zimning yoshidin
Hajringda but un ko’ngulda qayg’u erdi. (Bobur) Ushbu ruboiyning to’g’ri tartibini belgilang.
A) 1, 2, 3, 4 B) 2, 1, 3, 4 C) 4, 2, 3, 1 D) 4, 3, 2, 1
4. Do’rmancha, O’ltarma, Roshidan, Zohidon, Qudash kabi joy nomlari kimning qaysi asarda
uchraydi?
A) Zavqiy “Sayohatnoma” B) Muqimiy “Tanobchilar” C) Muqimiy “Sayohatnoma” D) Muqimiy
“Devon”da
5. Birov ilmdon-u bo’lsa tadbirkor,
Nogoh toyib ketsa oyog’i yakbor.
Kichik bir xatoga gapirma qo’pol,
Ulug’lar demishlar: “Yaxshilikni ol!” She’r muallifi qaysi javobda ko’rsatilgan?
A) A.Navoiy B) H.Sheroziy C) S.Sheroziy D) Muqimiy
6. S.Yesenin, A.Blok, Gyote, L.Ukrainka, R.Hamzatov kabi jahon adabiyoti vakillarining asarlarini
o’zbek tiliga tarjima qilgan ijodkorni aniqlang.
A) Abdulla Oripov B) O’.Umarbekov C) Erkin Vohidov D) U.Nosir
7. Mashhur tarixiy shaxslar va voqealarni madh etuvchi tantanavor uslubdagi she’r qanday ataladi?
A) g’azal B) qasida C) ta’rix D) noma
8. Alisher Navoiyning qaysi asarlarida majoziy shakldagi ibratli hikoyatlar mavjud?
A) “Hauratul - abror” va “Majolis un-nafois”da B) “Farhod va Shirin”, “Layli va Majnun”da C)
“Majolis un-nafois” va “Nasoyim ul-muhabbat”da D) “Hayrat ul-abror” va “Lison ut-tayr”da
Vatanni sevmoq iymondandir
1. 1914-1915- yillarda Hamza yaratgan “milliy romanlar”ni aniqlang.
A) “Yangi saodat”, “O’ch” B) “Boy ila xizmatchi”, “Farg’ona fojiasi” C) “Zaharli hayot yoxud Ishq
qurbonlari”, “Ilm hidoyati” D) “Yangi saodat”, “Uchrashuv”
2. Buyuk italyan shoiri Dantening “Ilohiy komediya” asarini juda katta mahorat bilan o’zbek tiliga
tarjima qilgan o’zbek shoirini aniqlang.