3. “Parcha”, “bo’lak” degan ma’noni anglatgan badiiy san’at turini aniqlang.
A) qit’a B) tuyuq C) fard D) musammat
Nazariy ma’lumot. Tuyuq
1. Faqat turkiy she’riyatgagina xos bo’lgan janrni aniqlang.
A) qit’a B) lug’z C) tuyuq D) ta’rix
2. Tuyuq janrining asosiy qoidasiga aylangan xususiyat noto’g’ri berilgan qatorni toping.
A) tuyuq albatta to’rt misradan iborat bo’lishi kerak B) tuyuq albatta ramali musammani mahzuf
vaznida yozilishi shart C) tuyuq misralari a-a-a-a yoki a-a-b-a tarzida qofiyalanishi zarur D) tuyuqda
qofiyaga olingan so’zlar, albatta, tajnisli bo’lishi lozim
3. Tuyuq janri uchun keyinchalik yuzaga kelgan xususiyat (shart) qaysi qatorda to’g’ri berilgan?
A) tuyuq misralari , xuddi ruboiydagi kabi, a-a-a-a yoki a-a-b-a tarzida qofiyalanadi B) tuyuq, albatta,
to’rt misradan iborat bo’lishi kerak C) tuyuq, albatta, ramali musaddasi mahzuf vaznida yozilgan
bo’lishi shart D) tuyuqda qofiyaga olingan so’zlar, albatta, tajnisli bo’lishi darkor
4. Tuyuq qaysi vaznda yozilishini aniqlang.
A) ramali musaddasi mahzuf B) hazaji musammani mahzuf C) ramali murabbai solim D) hazaji
musaddasi mahzuf
5. Bir necha adabiy-badiiy talab tuyuq janrining asosi qoidasiga aylangan. Quyida keltirilgan
fikrlarning qaysilari tuyuqning 4 ta qoidalariga misol bo’la oladi?
1) tuyuq – to’rt misradan iborat bo’ladi; 2) tuyuq – sochma she’r tarzida bo’lishi kerak; 3) a-a-a-a yoki
a-a-b-a tarzida qofiyalanadi; 4) tuyuq – ramali musaddasi mahfuz vaznida yozilishi kerak; 5) tuyuqda
qofiyaga olingan so’zlar, omonim (tajnisli) bo’lishi kerak; 6) tuyuq – masnaviy tarzida yozilishi
kerak; 7) tuyuq – besh misradan oshmasligi kerak.
A) 1, 3, 4, 7 B) 1, 3, 4, 5 C) 1, 3, 4, 6 D) 1, 2, 5, 6,
Alisher Navoiy
1. Qaysi yillarda Navoiy Samarqand shahridagi madrasalarda ta’lim oladi?
A) 1467-1469- yillar B) 1469-1472- yillar C) 1466-1469- yillar D) 1472-1474- yillar
2. “Muqarrabi shohiy” unvoniga sazovor bo’lgan adibni aniqlang.
A) Muhammad Solih B) Firdavsiy C) Bobur D) Navoiy
3. Qaysi adibning haykali ustida bino qilingan baland toq girdiga uning bir g’azalidan olingan “Olam
ahli bilingizkim, ish emas dushmanlig’, Yor o’lung, bir-biringizgaki, erur yorlig’ ish,” – degan
misralari yozib qo’yilgan?
A) Ahmad Yassaviy B) A.Navoiy C) Bobur D) Jaloliddin Rumiy
4. Navoiyning har bir baytida kamida bir tazod (zidlanish) san’ati qo’llangan g’azalni toping.
A) “Kelmadi” B) “Qilg’il” C) “Bo’ldum sanga” D) “Deyin…”
5. Mumtoz she’riyatimizda uchraydigan “begona bayt” tushunchasini izohlang.
A) biror shoir g’azaliga nazira bog’laganda uning aynan ko’chitirib olingan birinchi bayti B)
maqta’dan olingan bayt C) lirik chekinish ya’ni she’r mavzusidan bir oz chetlashilgan bayt D)
g’azalning oxirgi bayti
6. “Bu baytda shoir kimni maqtagisi kelsa – maqtaydi, kimni yomon ko’rsa, undan alamini oladi,
g’azal umumyo’nalishiga u qadar bog’lanmaydiganroq gapi bo’lsa ham, shu yerda aytib qoladi”.
Ushbu jumla kimga tegishli va gap qanday bayt haqida ketmoqda?
A) Abdulla Oripov, g’azal maqta’si haqida B) Shavkat Rahmon, “begona bayt” C) Erkin Vohidov,
g’azal maqta’si haqida D) Abdulla Oripov, maqta’dan oldingi bayt
7. “Holoti Sayyid Hasan Ardasher” asarining muallifini aniqlang.
A) Bobur B) Lutfiy C) Jomiy D) Navoiy
8. “Muqarribi shohiy” unvonini olgan ijodkorni aniqlang.
A) Husayn Bayqoro B) Lutfiy C) Navoiy D) Bobur
9. Davlatimiz poytaxtidagi “O’zbekiston milliy bog’i”da barpo etilgan Alisher Navoiy haykali ustida
bino qilingan baland toq girdiga uning bir g’azalidan olingan misra bitilgan. Ushbu misralarni
belgilang.