1) besh dostondan tashkil topmog‘i; 2) masnaviy yo‘lida yozilmog‘i; 3) birinchi doston pand- nasihat
yo‘lida bo‘lmog‘i; 4) o‘zidan oldingi xamsanavislarni takrorlamog‘i; 5) ikkinchi doston Xusrav va
Shirin munosabatiga bag‘ishlanmog‘i; 6) uchinchi doston Layli va Majnun ishqini yoritmog‘i; 7)
to‘rtinchi doston shoh Bahrom va beshichi doston Iskandar haqida yozilmog‘i shart
A) 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7 B) 1, 3, 5, 6, 7 C) 1, 2, 4, 5, 6, 7 D) 1, 2, 3, 4, 5
13. Alisher Navoiy Xamsasining “Hayrat ul-abror” dostonida inson bilan hayvon orasidagi farqni
odamning so‘zlash qobiliyatigina deb bilish xatodir. U inson insonligining asosiy belgisi deb nimani
nazarda tutadi?
A) ong B) iymon C) odob D) mehr
14. “Hayrat ul-abror” dostonining birinchi maqolati nima haqida?
A) inson haqida B) sabr haqida C) iymon haqida D) aql haqida
15. Navoiy “Hayrat ul-abror” dostonida “To‘rt sadaf gavharining durji ul, Yetti falak ahtarining burji
ul” – deb nimaga ta’rif beradi?
A) insonga B) yorga C) so‘zga D) inson qalbiga
16. “Hayrat ul-abror” dostonidagi nechanchi maqalotda karam va sahovat masalalari yoritilgan?
A) ikkinchi maqolatida B) uchinchi maqolatida C) to‘rtinchi maqolat D) beshinchi maqolat
17. “Farhod va Shirin” dostonidagi
Ermas oson bu maydon ichra turmoq
Nizomiy panjasiga panja urmoq” bandidagi “ Nizomiy panjasiga panja urmoq” misrasining izohi
qaysi javobda to‘g‘ri berilgan?
A) bahslashish B) qo‘lga qo‘l bermoq C) ko‘gil bermoq D) janjallashmoq
18. A.Navoiyning “Hayrat ul-abror” dostoni aruzning qaysi bahrida yozilgan?
A) rajaz B) sari C) hazaj D) mutaqorib
19. Qaysi qatorda maqolat so‘ziga to‘g‘ri izoh berilgan?
A) bob, qism B) so‘z, nutq C) maqol, hikmatli so‘z D) A va B
20. A.Navoiyning “Xamsa”sidagi qaysi dostonning hajmi 3988 baytni o‘z ichiga oladi?
A) “Farhod va Shirin” B) “Layli va Majnun” C) “Hayrat ul-abror” D) A va B
21. Ayni nazm etki, tarhi toza bo‘lg‘ay,
Ulusg‘a mayl beandoza bo‘lg‘ay. Ushbu misralar Navoiy “Xamsa”sining qaysi dostoni
muqaddimasida keltirilgan?
A) “Farhod va Shirin” B) “Layli va Majnun” C) “Hayrat ul-abror” D) “Sab’ai sayyor”
22. Nizomiy Ganjaviyning Shoh Bahrom haqidagi “Haft paykar” dostoni kimning topshirig‘i bilan
yaratilgan?
A) Axsatan I B) Faxriddin Bahromshoh C) Alovuddin Ko‘rpa Arslon D) To‘g‘rul II
23. Navoiyning xamsachilikka kiritgan eng katta yangiligi nimada?
A) turkiy tilda “Xamsa” yaratgani B) ikkinchi dostoniga Farhodni bosh obraz qilib olgani C) so‘nggi
dostoni “Saddi Iskandariy” deb atalgani D) barcha javoblar to‘g‘ri
24. “Xamsa” ning qaysi dostonida Qof tog‘ida yashovchi yajuj-majujlar obrazi keltirilgan?
A) “Saddi Iskandariy” B) “Farhod va Shirin” C) “Hayrat ul-abror” D) “Sab’ai sayyor”
25. “Xamsa”dagi qaysi obraz o‘zbek adabiyotida yaratilgan mukammal komil inson obrazi
hisoblanadi?
A) Bahrom B) Farhod C) Majnun D) Iskandar
26. Nizomiydan yuz yil keyin yashagan Xusrav Dehlaviy asli qayerlik bo‘lgan?
A) Samarqandlik, turkiy urug‘dan B) Shahrisabzlik, turkiy urug‘dan C) Qarshilik, asli mo‘g‘ullar
avlodidan D) Hindistonlik, asli turkiylar avlodidan
27. Navoiyning “Saddi Iskandariy” dostoni necha bayt va necha bobdan tashkil topgan?
A) 89 bob, 5782 bayt B) 87 bob, 7215 bayt C) 85 bob, 5782 bayt D) 89 bob, 7215 bayt
28. Ikkinchi xamsanavisni aniqlang.
A) Movaraunnahrlik Nizomiy Ganjaviy B) Ozarbayjonlik Nizomiy Ganjaviy C) Turkiyalik Nizomiy
Ganjaviy D) Xurosonlik Nizomiy Ganjaviy
29. Nizomiy Ganjaviy “Xamsa”sining beshinchi dostoni qanday nomlangan?
A) “Iskandarnoma” B) “Oyinayi Iskandar” C) “Saddi Iskandariy” D) to‘g‘ri javob berilmagan