“Xamsa” (davomi)
1. Nizomiyning “Layli va Majnun” dostoniga nechta nazira bitilgan?
A) 118 ta B) 112 ta C) 119 ta D) 120 ta
2. Qaysi rus shoiri 1911- yilda “Majnun va Layli” nomli doston yaratgan?
A) V. Radlov B) S.Smeshtov C) D. Lemkin D) V. Xlebnikov
3. Navoiy o‘zining “Layli va Majnun” dostonida qanday tasvirga alohida e’tibor bergan?
A) fantastik B) ruhiyat C) tabiat D) dunyo
4. “Layli va Majnun” dostonida har chaqin chaqnaganda qaysi tog‘ yorishib ketardi?
A) Qof tog‘i B) Tur tog‘i C) Mug‘ tog‘i D) Sino tog‘i
5. “Layli va Majnun” dostonining so‘ngida qanday maxsus bob keladi?.
A) “Ishq ta’rifida” B) “Muhabbat kuyi” C) “Umr to‘g‘risida” D) “May xususida”
6. Ko‘pincha jang-u jadallar, fitna-yag‘molar homiysi sifatida keluvchi qahramonni aniqlang.
A) Bahrom B) Xusrav C) Axriman D) Yazdijurd
7. “Xamsa” ning qaysi qahramoni Eron shohi Yazdijurdning o‘g‘li hisoblanadi?
A) Bahrom B) Xusrav C) Farhod D) Qays
8. Navoiyning “Sab’ayi sayyor” dostonida voqelar nechanchi bobdan boshlanadi?
A) 10 B) 11 C) 13 D) 12
9. “Sab’ayi sayyor” dostonida Bahrom shanba kunini qaysi yurt malikasi bilan o‘tkazadi?
A) Rum malikasi B) Hind malikasi C) Eron malikasi D) Shahrisabz malikasi
10. “Sab’ayi sayyor” dostonida Bahrom Rum malikasi huzurida qaysi hikoyani tinglaydi?
A) Axiy haqidagi B) Sa’d haqidagi C) Juna va Mas’ud haqidagi D) Zayd Zahhob haqidagi
11. “Sab’ayi sayyor” dostonida Bahrom Diloromning daragini qaysi malika huzurida va qaysi
musofirdan eshitadi?
A) Xorazm malikasi, Chin musofiridan B) Chin malikasi, xorazmlik musofirdan C) eronlik malika,
Hind musoforidan D) Rum malikasi, xorazmlik musofirdan
12. XIX asrda qaysi ijodkor “Shoh Bahrom va Dilorom” dostonini yozdi?
A) koshg‘arlik G‘aribiy B) g‘aznalik Ardabiliy C) peshavarlik G‘azzoliy D) koshg‘arlik Ardabiliy
13. Navoiy “Xamsa”sining qaysi dostonida Mahmud G‘aznaviy haqida ma’lumotlar uchraydi?
A) “Hayrat ul-abror” B) “Sab’ayi sayyor” C) “Saddi Iskandariy” D) “Layli va Majnun”
14. Iskandar Eronni egallagach ko‘p podshohlar unga bo‘yin egib keladilar, ammo ba’zi mamlakat
podsholari unga bo‘ysunishni istamaydilar. Bular qaysilar?
A) Kashmir, Hind, Farang B) Chin, Farang, Hind C) Hind, Farang, Kashmir D) Kashmir, Hind, Chin
15. Ey ishq g‘arib kimyosen,
Bal oinayi jahonnamosen. (Navoiy) Bayt qaysi asardan olingan?
A) «Hayrat ul-abror» B) «Farhod va Shirin» C) «Layli va Majnun» D) «Sab‘ai sayyor»
16. Navoiy «Xamsa»sida qaysi shohga so‘ngak olib kelgan darvesh obrazi berilgan?
A) «Saddi Iskandariy»da Chin xoqoniga B) «Saddi Iskandariy»da Iskandarga C) «Farhod va Shirin»da
Chin xoqoniga D) «Sab’ayi Sayyor»da Bahromga
17. «Sab‘ai sayyor» dostonida Dilorom xorazmlik sozchi-musiqachiga o‘z sirini aytishidan oldin unga
qanday shart qo‘ygan?
A) Xorazmdan ketishni B) bu sirni hech kimga, aytmaslikni C) sirni fosh qilmaslikka ont ichiradi D)
otasiga — Xojaga bu gapni aytmaslikni
18. Ma’lumki, qadim zamonlardan boshlab antik grek olimlari va faylasuflari Yaqin va O‘rta Sharq
xalqlariga yaxshi ma’lum bo‘lgan. Quyidagi qaysi javobda Gippokrat, Platon, Aristotel, Pifagor,
Sokratlarning sharqda tanilgan nomlari to‘g‘ri tartib asosida berilgan?
1. Buqrot; 2. Suqrot; 3. Arastu; 4. Naqumojus; 5. Aflotun; 6. Faysog‘urs
A) 1, 5, 3, 6, 2 B) 4, 5, 3, 6, 2 C) 6, 5, 3, 4, 2 D) to‘g‘ri javob berilmagan
19. Bir necha kun uyda edi poband,
Faryod anga goh baland-u goh past.
Yo‘q kunduzu kecha xo‘rdu xobi,
Dom ichida qushdek iztirobi. Ushbu parchada qaysi qahramon holati tasvirlangan?
A) Majnun B) Farhod C) Dilorom D) Bahrom