7. Hamza «eski podsholar turmushidan bir havosiz operalik ro‘mon» bugungi til bilan aytsak, libretto
yozgan. Ushbu asarning nomini aniqlang.
A) Rabochiy B) Muxtoriyat yoki avtonomiya C) Burungi saylovlar D) Haqiqat kimda
8. 1910- yilda qaysi adib Toshkentning qashqar mahallasida birinchi marta jadid maktabini ochadi?
A) Furqat B) Cho‘lpon C) Hamza D) Fitrat
9. «G‘ayrat» kutubxonasi qaysi shoir tomonidan tashkil etilgan?
A) Hamza B) Fitrat C) Cho‘lpon D) Furqat
10. «Yengil adabiyot», «O‘qish kitobi», «Qiroat kitobi» asarlari muallifini aniqlang.
A) Abdulla Qodiriy B) Cho‘lpon C) Fitrat D) Hamza
11. Hamza qachon «O‘zbekiston xalq yozuvchisi» unvoniga sazovor bo’ldi?
A) 1929- yilB) 1926- yil C) 1924- yil D) 1918- yil
12. «Shundoq qolurmu», «Istibdod qurbonlari», «Loshmon fojiasi» asarlari muallifini aniqlang.
A) Behbudiy B) Avloniy C) Fitrat D) Hamza
13. Hamzaning 1905-1914- yillarga oid qo‘lyozma devonida qanday janrlardagi she’rlari jamlangan?
A) g‘azal, muxammas, murabba, masnaviy B) ruboiy, muxammas, musaddas, g‘azal C) g‘azal,
ruboiy, muashshar, masnaviy D) g‘azal, muxammas, musaddas, masnaviy
14. Hamza 1905-1914- yillarga oid qo‘lyozma devonida qanday taxallusdan foydalangan?
A) Nihoniy B) Niyoziy C) Ovsar D) Dumbul
15. Hamzaning 1915-1917- yillarda yozgan she’rlari jamlangan «Milliy ashulalar uchun milliy
she’rlar majmuasi» nechata to‘plam holida e’lon qilingan?
A) 6 ta B) 9 ta C) 8 ta D) 10 ta
16. Behbudiy qaysi asari bilan yangi san’at turiga asos solib, ko‘plab shoir va yozuvchilarning
dramaturgiyaga kirib kelishiga sababchi bo‘ldi?
A) Maorif B) Padarkush C) Buxoroda usuli jadid D) Ehtiyoji millat
17. Chiqdi haq uchun achig‘larimiz!
Qaroga yopishib sarig‘larimiz!
Qadimning rasmini tutib sunnat,
Bid’at o‘ldi hama qilig‘larimiz!.. Hamzaning ushbu she’ri birinchi marta qaysi gazetada chop etilgan?
A) Sadoyi Turkiston B) Sadoyi Farg‘ona C) Tarjimon D) Qizil bayroq
18. Quyidagi asarlardan qaysilari Hamza qalamiga mansub?
A) Ishchilar hayoti, Burungi saylovlar, Juvonboz B) Maysaraning ishi, Baxtsiz kuyov, Zaharli hayot
C) Tuhmatchilar jazosi, Loshmon fojiasi, Burungi saylovlar D) O‘ch, Padarkush, Paranji sirlari
19. O‘zbek yozuvchilaridan qaysi biri «O‘zbek sovet adabiyoti va teatrining asoschisi» degan nom
olgan?
A) Behbudiy B) Fitrat C) Cho‘lpon D) Hamza
20. Hamzaning 20- yillar dramaturgiya sohasidagi to‘rt qismdan iborat asarini toping.
A) Eshonlikka xiyonat B) Farg‘ona fojialari C) Burungi saylovlar D) El quzg‘unlari
21. Topsunmi taraqqiy yana bizlarda kamolat,
Ketsunmi taassuf elidan bug‘zu g‘adorat? Ushbu baytdagi «bug‘zu» so‘zining ma’nosini toping.
A) kek, dushmanlik B) bo‘g‘iz, halqum C) aldamchilik, xiyonatkorlik D) A va B
22. Sotti Husayinning aytishicha, shoir «eski qayg‘uli kuylarni jonlantirish uchun» yangi yo‘llar
qidirgan, yangi ashulalar uchun «xushchaqchaq xalq kuylari» ni tanlagan. Uning shunday yo‘l bilan
yozgan she’rlari «tor doiradagi o‘quvchilar o‘rtasidagina emas, ashulachilar o‘rtasida ham tarqala
boshlagan». Ushbu ta’rif qaysi adib haqida?
A) Fitrat B) Cho‘lpon C) Hamza D) Avloniy
23. Hamzaning bu she’ri «Sadoyi Turkiston» gazetasining 1914- yil 15-iyul sonida bosilgan
bo‘lishiga qaramay, muallif ismi tushib qolganligi sababli u Hamzaning birorta to‘plamiga
kiritilmagan. Yuqorida fikr Hamzaning qaysi she’ri haqida?
A) Ko‘zni oching, qardoshlar B) Millat deganlarning oqar ko‘z yoshi C) Yig‘la, Turkiston D)
Vatandoshlarima xitoba
24. Hamzaning «Vatandoshlarima xitoba» she’ri qanday misralar bilan boshlanadi?
A) Ey, ahli vatan! Bosdi seni muncha g‘afolat,