33. Hodiyning qaysi asari dunyoning qora bo‘yoqlaridagi tasviri bilan boshlanadi?
A) Ishqi muhtasham yoki Aflotun sevgisi B) Alvohi intiboh C) Shukufayi hikmat D) Olami
musovatdan maktublar
34. Saodat bir amal, ammo shaqovatlar haqiqatdir. Ushbu misradagi shaqovat so‘zining ma’nosi qaysi
qatorda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
A) baxtsizlik B) yomonlik C) zolimlik D) A va B
35. Masarrat oniy bir narsa, malolatlar haqiqatdir. Ushbu jumladagi «masarrat» so‘zining ma’nosini
aniqlang.
A) xursandchilik, sururlanish B) baxtsizlik, yomonlik C) qorong‘ilik, g‘ashlik D) chiroyli, muloyim
36. Demak, islohi mushkul odamlar tabiiydir,
Demak, pok bo‘lmagan bu kirli odamlar tabiiydir.
Demak, dunyoda mazlum ila azlamlar tabiiydir… Misralarda uchraydigan azlam so‘zining ma’nosini
izohlang?
A) zolimlar B) boylar C) boylik D) yomonlik
Frans Kafka
1. F.Kafka qayerda tug‘ilgan?
A) Avstraliya B) Avstro-Vengriyadagi Praga shahrida C) Vena shahrida D) Vengriyada
2. «Menda adabiy qiziqishlar yo‘q, men o‘zim adabiyotdan iboratman» - deya aytilgan falsafiy
mushohadalar kimga tegishli?
A) Hodiy B) Shekspir C) G.G.Markes D) Kafka
3. «Butun tuzumni yolg‘on zabt etajak…» Ushbu parcha Kafkaning qaysi romanidan olingan?
A) Qo‘rg‘on B) Jarayon C) Amerika D) Otamga xat
4. «Adolatli bo‘l! Boshlig‘ingni hurmat qil!» kabi shiorlar Kafkaning qaysi asrida aks etgan?
A) Jazo koloniyasida B) Ochlik ultasi C) Hukm D) Evrilish
5. Kafkaning «Evrilish» hikoyasining bosh qahramonini aniqlang.
A) Sayohatchi B) Yozef K. C) Karl Rossman D) Grigor Zamza
6. Kafkaning qaysi asari qahramoni qirqoyoqqa aylanib qoladi?
A) Evrilish, Zamza B) Jazo koloniyasida, Karl Rossman C) Hukm, sayohatchi D) Amerika, ofetser
7. F.Kafkaning ilk hikoyasi qanday nomlanadi?
A) Ochlik ustasi B) Bir kurash tarixi C) Amerika D) Ochlik
8. Evrilish hikoyasidagi qirqoyoqqa aylangan baxtsiz yigit hikoya so‘ngida qay tarzda vafot etadi?
A) qumursqalarga yem bo‘ladi B) aniq aytilmagan C) sirli tarzda vafot etdi D) odamlarning
oqibatsizligi tufayli
9. F.Kafkaning dastlabki romani qanday nomlangan?
A) Jazo koloniyasidaB) Hukm C) Amerika D) Qo‘rg‘on
10. F.Kafkaning so‘nggi romanini ko‘rsating.
A) Qo‘rg‘on B) Otamga xat C) Ochlik ustasi D) Amerika
11. F.Kafkaning mashhur essesi qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan?
A) Otamga xat B) Qo‘rg‘on C) Jazo kaloniyasi D) Ochlik ustasi
12. Dunyodagi eng g‘aroyib va tushunarsiz taqdir egasi bo‘lgan F.Kafkaning millati, tug‘ilgan va
yashash joyi tili va tayangan madaniy an’analari to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni toping.
A) millatiga ko‘ra nemis, tug‘ilgan va yashash joyiga ko‘ra pragalik, tiliga ko‘ra juhud, tayangan
madaniy an’analariga ko‘ra avstraliyalik B) millatiga ko‘ra juhud, tug‘ilgan va yashash joyiga ko‘ra
pragalik, tiliga ko‘ra nemis, tayangan madaniy an’analariga ko‘ra avstraliyalik C) millatiga ko‘ra
juhud, tug‘ilgan va yashash joyiga ko‘ra avstraliyalik, tiliga ko‘ra nemis, tayangan madaniy
an’analariga ko‘ra pragalik D) millatiga ko‘ra avstraliyalik, tug‘ilgan va yashash joyiga ko‘ra
pragalik, tiliga ko‘ra nemis, tayangan madaniy an’analariga ko‘ra juhud
13. Savdo korxonasining tirishqoq xizmatchisi, yaqinlariga juda mehribon Grigor Zamza F.Kafkaning
qaysi hikoyasi qahramoni?
A) Qo‘rg‘on B) Jarayon C) Hukm D) Evrilish